Recent Blog post

Archive for 2015-02-15

Ingliz tili darajalari haqida so’z yuritishdan oldin, shuni aytib o’tish lozimki, til bo’yicha olgan bilimingizni aniq o’lchab, hisoblab beradigan o’lchov birligi yoki maxsus o’lchov uskunasi mavjud emas. Biz, hozir, so’z yuritmoqchi bo’lgan, bilim darajangizni bir qolipga solib beradigan standartlarning hammasi – nisbiydir.
Mavjud bo’lgan til bo’yicha bilimingizga yana 10 ta so’z qo’shsangiz darajangiz o’zgarib qolmaydi. Boshqacha qilib aytganda, lug’at boyligingiz sizning darajangizni aniqlab kelmaydi.  
Biz bugun qo’llanma sifatida o’qib kelayotgan ingliz tili kitoblarini ko’zdan kechirsangiz, qo’llanma qanday darajadagi o’rganuvchi uchun yozilganini ko’rasiz. Masalan, “For Beginners”, “For Elementary students”, “Pre-Intermediate and Intermediate” va “Upper-Intermediate and Advanced” kabi atamalar qo’llanmalarning yuza qismidan joy olganini ko’rishingiz mumkin. Keling, ushbu atamalarni biroz chuqurroq o’rganib chiqaylik.
Demak, tahlilni “ALTE” dan boshlaymiz.

ALTE (The Association of Language Testers in Europe)  - Umumevropa til sinovidan o’tkazuvchilar tashkiloti xorijiy tilni egallash darajasining umumiy shkalasini ishlab chiqqan bo’lib, u o’rganuvchilarni olti darajaga bo’ladi. Unga ko’ra: A1 (Breakthrough level), A2(Level1), B1 (Level2), B2 (Level3), C1 (Level4), C2 (Level5). Ushbu darajalar boshlang’ich darajadan to mukammal darajagacha bo’lgan oraliqni o’z ichiga qamrab olgan.

Barcha Kembrij xalqaro imtihonlari (KET, FCE, PET) aynan mana shu standart bo’yicha ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, Angliya davlatining barcha nashriyotlari o’z mahsulotlarini shu standartlar ostida nashr qilmoqda. Bularga lug’atlar, so’z boylikni oshirishga qaratilgan qo’llanmalar, grammatikadan ma’lumotnomalar kabilar kiradi.

Lekin, kommunikativ metodlar asosida ishlab chiqilgan qo’llanmalarning deyarli barchasi (Inside Out, Cutting Edge, Reward, Headway, OpenMind) boshqa bir shkaladan darajalarga ajaratishda foydalanadi.

1.           Beginner yoki Basic – boshlang’ich daraja

2.           Elementary – davom ettiruvchi boshlang’ich

3.           Pre-Intermediate – O’rta darajaga yaqin

4.           Intermediate – o’rta daraja

5.           Upper-Intermediate – o’rta va yuqori daraja orasida

6.           Advanced – yuqori daraja   

 

Darajalar bo’yicha jadval

ALTE darajalari
Kommunikativ o’quv qo’llanmalardagi darajalar
(Headway, Cutting Edge).
Imtihonlar
A1Breakthrough
Beginner (Basic)
-
Elementary
A2 Level 1
Pre-Intermediate
B1 Level 2
Intermediate
Upper-Intermediate
B2 Level 3
Advanced
FCE (First Certificate in English)
IELTS 5.0-5.5
TOEFL
570-610 (PBT), 230-255 (CBT)
C1 Level 4
-
CAE (Certificate in Advanced English)
IELTS 6.0-7.0
TOEFL
630-677 (PBT), 270-300 (CBT)
C2 Level 5
CPE (Certificate of Proficiency in English)
IELTS 7.5-9.0

Jadvaldan ko’rib turganingizdek, biz intilayotgan “Advanced” daraja ALTE shkalasi bo’yicha B2 ga teng. Demak, B2 darajadagi o’rganuvchining tinglab tushunish, o’qib tushunish, yozma vazifalarni bajara olish malakasi mustahkam asosga ega hisoblanadi. Shuningdek, jadvalda mashhur IELTS va TOEFL xalqaro imtihonlari ham qiyoslash ob’ekti sifatida keltirilgan. Biz IELTS va TOEFL haqida gapirganimizda aniq ballarni nazarda tutamiz: IELTS – 0- balldan 9- ballgacha, TOEFL(PBT,CBT) – uch xonali sonlarda baholanadi. ALTE bo’yicha C2 darajaga teng bo’lgan CPE (Certificate of Proficiency in English) darajasi, ingliz tilini ona tilingizdek bilishingizni anglatadi.
Eng so’ngi daraja Post Proficiency esa ingliz tilidagi barcha hazillarni tushuna olishingizni, tilning nozik qirralarini anglay olishingizni ko’rsatadi. Ushbu darajani doimo saqlab turish uchun ko’p mehnat qilinadi.

Darajalar nimalarda aks etadi?
·       Beginner
·       Elementary
·       Pre Intermediate
·       Intermediate
·       Upper Intermediate
·       Advanced

Beginner
Suhbatda:
·                    o’z ismini va shaxsiy ma’lumotlarni ayta oladi
·                    eng sodda savollarga javob bera oladi (What is your name?)
·                    100 gacha sanay oladi
·                    eng sodda gaplarni o’qiy oladi va tushunadi


Elementary
Suhbatda:
·                    O’zi va boshqalar haqida qisqa ma’lumot bera oladi
·                    Biror narsani qisqacha tasvirlay oladi
·                    O’z fikrini bayon qila oladi, vaziyatni to’g’ri anglash uchun tushuntirib berishlarini so’ray oladi
·                    Sodda his-hayajonni ifodalay oladi
·                    Barchaga tushunarli qilib talaffuz qila oladi
·                    Ingliz tilida fikrlay oladi
Tushunadi:
·                    darslarda tinglab tushunish mashqlaridagi asosiy g’oyani fahmlay oladi
·                    Tinglashda asosiy signal vaziyatlarni anglay oladi
·                    Qisqa matnlarni o’qib, tushuna oladi
Yozuv:
·                    gaplarni to’g’ri tuza oladi
·                    tabrik xatlari, elektron xatlar yoza oladi
·                    o’zi haqida qisqacha ma’lumot yoza oladi


  

INGLIZ TILIDAN BILIM DARAJANGIZ QAY DARAJADA?

By : Unknown
Thursday, February 19, 2015
6

Maktabda Ingliz tiliga ikkinchi darajali fan sifatida qarash, unga yetarli e’tibor bermaslik, yuzaki o’qib o’rganish vaqtlari endi o’tib ketdi. Vaqt o’tmoqda, odamlar o’zgarmoqda. Bugungi davr esa ingliz tilini o’rganishni zarurat qilib qo’ydi.
Shunday qilib, agar siz bu ‘qaysar ot’ ni jilovlashga tayyor bo’lsangiz, eng sodda va oson usullardan foydalanib, o’z maqsadingizga erishing.
 Uzoq yo’l oldidan…
Ishni boshlashdan oldin, qo’l ostingizda ingliz tilini o’rganish uchun qanday foydali resurslar borligini aniqlab oling. ‘Resurslar’ o’z ichiga quyidagilarni oladi:
·                  flesh xotira (elektron resurslarni tashish uchun)
·                  kompyuter va internet
·                  lu’gat (oksford uslubida)
·                  birga dars qilish uchun partnyor
Hozir ‘men ingliz tilini o’rganaman’ deb, hammsini bir boshdan boshlasangiz xato qilasiz. Siz o’z maqsadigizdan kelib chiqqan holda, ishni boshlaganingiz ma’qul. Demak, ko’pchilik quyidagi maqsadlar bilan ingliz tiliga murojaat qiladi:
·                    Men ingliz tilidan fan olimpiadasiga tayyorgarlik ko’rishim kerak
·                    Men sayohat qilmoqchiman
·                    Men xorijga ishga boraman
·                    Men harbiy sohada ishlamoqchiman. Ingliz tilini bilishim kerak ekan
·                    Men superabiturientman. 1-blok ingliz tili
·                    Men IELTS yoki TOEFL xalqaro imtihonlariga tayyorgarlik ko’rishim kerak
·                    Men biznes boshqaruvi bo’yicha mutaxassisman. Ingliz tili asosiy muloqat tilim bo’lishi kerak
·                    Men ilmiy ishlar bilan shug’ulllanmoqchiman. Internetdan ilmiy maqolalar olib o’qishim kerak. Menga akademik ingliz tili kerak.

Keyingi masala to’g’ridan to’g’ri cho’ntak bilan bog’liq. Siz tilni tez va oson o’rganishingiz kerak. Bu esa mablag’ degani. Qancha mablag til o’rganishga sarflay olasiz? Menga ishoning bu – mixim savol. Odatda o’rganuvchilar ishtiyoq bilan o’rganishni boshlashishadida, oxirigacha yetkaza olmaydilar. Til kurslar to’lovlarini to’lashda qiynalib qolishadi.  Qolaversa, kitoblar sotib olish, audio moslamalarni xarid qilish, hech bo’lmasa bir marta sayohatga pul topish tanlagan yo’lingizni muxim qismi hisoblanadi. Ko’rib turganingizdek, hammasi sizninng moliyaviy quvvatingizga bog’liq.

Til o’rganishning psixologik holati
Agar siz kuchli istak sohibiga aylanmasangiz, til o’rganish haqida oylab o’tirmang. Kuchli istak va aniq maqsad til o’rganishdagi uzoq yo’lingizni yaqin yo’lga aylantira oladi. Hamma shunday qiladi, bu haqiqat. Agar, ingliz tili o’rganish qiyin til bo’lganda edi, jahon tiliga aylanmagan bo’lardi. Demak, psixologik jihatdan mustahkam ruhiyatga ega bo’lsangiz, siz ham, albatta, o’rganasiz.

Odatda, ishning ijobiy, so’ngi natijalarini oldindan ko’ra bilsangiz maqsadlaringiz yanada aniqlashadi, istaklaringiz yanada kuchayadi.
Masalan siz, ingliz tilini o’rganib, qanday imkoniyatlarga ega bo’lishingiz mumkin, o’shalar haqida biroz fikr yuriting:
·                  erkin muloqat
·                  dunyo bo’ylab sayohat
·                  dunyo ilmlaridan bahramand bo’lish
·                  ingliz tilidagi qo’shiqlar, filmlardan bahramand bo’lish mumkin
·                  ishchi kuchi sifatida bozorda o’z narxingizga ega bo’lasiz
·                  o’zingizga bo’lgan ishonch yanada oshadi. Balkim sizni xorijga ish safariga jo’natishar. ‘Men u yerda nima qilaman, tilni bilmayman-ku’ degan bahonalaringiz o’tmaydi
Mustaqil holda tilni o’rganish mumkinmi?
Til o’rganish jarayoni davom etuvchi jarayondir.  Mustaqil holda biz faqat davom ettirishimiz mumkin. Mustaqil holda boshlab bo’lmaydi. Talaffuz qoidalari doimiy ravishda nazorat ostida bo’lishi kerak. Jarayonni uzluksiz holda davom etishini ta’minlash muxim. Bu esa, aniq jadval asosidagi doimiy darslarni talab qiladi. Agar darajangiz, CEFR standarti bo’yicha A2 ga yetgan bo’lsa, mustaqil holda o’rganishni davom ettirishingiz mumkin. Xullas, ustoz ko’rmagan shogird shogirdmas.
  Katta qal’a hujumiga shay bo’ling
Til o’rganish bu katta qal’aga hujum qilish bilan barobardir. Qadimda bosqinchilar qal’alarga faqat darvozadan hujum qilishmagan. Ular, faqat darvozaga hujum qilgan holda, qal’ani olish imkoni yo’qligini bilishgan. Shuning uchun, turli xil xandaqlar qazishgan, aylanib o’tishgan, tunnellar yaratishgan. O’xshashligi shundaki, siz ingliz tili qala’siga hujum qilasiz, faqat bir kitobdan o’rganaman desangiz qala’ga erishmaysiz. Muvaffaqiyatga erishish uchun, barcha imkoniyatlardan foydalanish kerak. Gazeta va jurnallar o’qish kerak, ko’proq tinglash mashqlarini bajarish kerak. Shuning bilan birga, yozma nutq ustida ham ishlash kerak. Hujum har tomondan amalga oshirilsa, tilni o’zingizga tez bo’ysindirasiz.

Tilni to’rt qismga bo’lgan holda, lekin, bir-biridan ajratmagan holda o’rganish zarur. Bularga quyidagilar kiradi:
·                O’qish (Reading)
·                yozma nutq (Writing)
·                gapirish (Speaking)
·                tinglash (Listening)
Har to’rtala qismni o’rganish muxim hisoblanadi. Qolaversa, ko’pgina xalqaro imtihonlar ushbu to’rt qism bo’yicha o’z savollarini tayyorlaydi.
Qachon ingliz tilida gaplasha olaman?

Agar tanlangan metodika asosida darslar puxta tashkil qilinsa, birinchi darsdanoq gapirish mumkin. Har darsda, o’rganilgan bilimni yuzaga chiqarishn uchun, gapirish kerak. So’zlar o’rniga so’z birikmalari o’rganing. So’z birikmalari o’rniga uzun-uzun gaplarni o’rganing va ularni zudlik bilan amaliyotga tadbiq eting. O’shanda o’z kuchingizga ishonib, gapira boshlaysiz.

BOSHLOVCHILAR UCHUN INGLIZ TILI: ENG YAQIN YO’L!

By : Unknown
Monday, February 16, 2015
1
Ingliz tilini o’rganish  - avvalboshdan sizga tuyulgandek qiyin yoki bajarib bo’lmaydigan vazifa emas. Istalgan natijaga erishish uchun o’quv jarayonini to’g’ri va yaxshi tashkil qilish kerak. Ushbu maqolada nega hatto eng harakatchan o’quvchilar ham yo’l qo’yadigan xatolar sabablari ko’rib chiqiladi.
Sehrgarlarga ishonmang!
Hozirgi kunda ingliz tilini o’rgataman deydigan o’quv kurslari va repetitorlar talaygina.  Agar ularning reklamalariga e’tibor bersangiz ingliz tilidan bilim darajangizni ko’pi bilan ikki hafta ichida yangi darajaga olib chiqishlarini uqtiradi. Ba’zilari esa, uch oyni muddat qilib belgilashgan. “O’n kunda ingliz tilini o’rgataman”, deydiganlar ham topiladi. Qisqasi, hammamiz mo’jizaga ishonamiz va sehrgar repetitor oldiga chopamiz. Yodda tuting hatto sehrli shamchiroq ham sizga bunda yordam bermaydi. Til o’rganish katta va to’g’ri yo’naltirilgan  mehnatni talab qiladi.
Maqsadni noto’g’ri qo’yish
Agar ingliz tilini shunchaki zamonaviy bo’lish uchun o’rganmoqchi bo’lsangiz, sizda hali kuchli o’rganish istagi shakllanmagan. Til o’rganish uchun aniq maqsadga ega bo’lish muxim ahamiyatga ega.  O’z sohasida yetuk mutaxassis bo’lish, butkul kasbni o’zgartirish, chet el universitetlariga topshirish, dunyo bo’ylab sayohat – eng ma’qul maqsadlar to’plamidir.
Faqat grammatikani ingliz tili deb tushunmang!
Faqat ingliz tili grammatikasini o’qish,  qiyin qoidalarni yodlash  - eng katta xatodir. Til o’rganishdan maqsad, o’sha tilda suhbat olib borishdir. Grammatikadan olgan bilimingiz suhbat olib borish uchun yordam bermaydi. So’zlashuv qobiliyatingizni oshirish uchun ko’proq tinglab tushunish amaliyotlarini o’tashigiz kerak.   
Hamma xato qiladi

Xato qilishdan qo’rqmang. Og’zaki nutqni oshirish uchun ko’proq so’z birikmalar va o’zgarmas frazalarni o’rganing.

INGLIZ TILINI O’RGANISHDA ENG KO’P QILINADIGAN XATOLAR

By : Unknown
Sunday, February 15, 2015
0

- Copyright © English Home Task - Blogger Templates - Powered by Blogger - Designed by Johanes Djogan -