Posted by : Unknown Monday, February 16, 2015


Maktabda Ingliz tiliga ikkinchi darajali fan sifatida qarash, unga yetarli e’tibor bermaslik, yuzaki o’qib o’rganish vaqtlari endi o’tib ketdi. Vaqt o’tmoqda, odamlar o’zgarmoqda. Bugungi davr esa ingliz tilini o’rganishni zarurat qilib qo’ydi.
Shunday qilib, agar siz bu ‘qaysar ot’ ni jilovlashga tayyor bo’lsangiz, eng sodda va oson usullardan foydalanib, o’z maqsadingizga erishing.
 Uzoq yo’l oldidan…
Ishni boshlashdan oldin, qo’l ostingizda ingliz tilini o’rganish uchun qanday foydali resurslar borligini aniqlab oling. ‘Resurslar’ o’z ichiga quyidagilarni oladi:
·                  flesh xotira (elektron resurslarni tashish uchun)
·                  kompyuter va internet
·                  lu’gat (oksford uslubida)
·                  birga dars qilish uchun partnyor
Hozir ‘men ingliz tilini o’rganaman’ deb, hammsini bir boshdan boshlasangiz xato qilasiz. Siz o’z maqsadigizdan kelib chiqqan holda, ishni boshlaganingiz ma’qul. Demak, ko’pchilik quyidagi maqsadlar bilan ingliz tiliga murojaat qiladi:
·                    Men ingliz tilidan fan olimpiadasiga tayyorgarlik ko’rishim kerak
·                    Men sayohat qilmoqchiman
·                    Men xorijga ishga boraman
·                    Men harbiy sohada ishlamoqchiman. Ingliz tilini bilishim kerak ekan
·                    Men superabiturientman. 1-blok ingliz tili
·                    Men IELTS yoki TOEFL xalqaro imtihonlariga tayyorgarlik ko’rishim kerak
·                    Men biznes boshqaruvi bo’yicha mutaxassisman. Ingliz tili asosiy muloqat tilim bo’lishi kerak
·                    Men ilmiy ishlar bilan shug’ulllanmoqchiman. Internetdan ilmiy maqolalar olib o’qishim kerak. Menga akademik ingliz tili kerak.

Keyingi masala to’g’ridan to’g’ri cho’ntak bilan bog’liq. Siz tilni tez va oson o’rganishingiz kerak. Bu esa mablag’ degani. Qancha mablag til o’rganishga sarflay olasiz? Menga ishoning bu – mixim savol. Odatda o’rganuvchilar ishtiyoq bilan o’rganishni boshlashishadida, oxirigacha yetkaza olmaydilar. Til kurslar to’lovlarini to’lashda qiynalib qolishadi.  Qolaversa, kitoblar sotib olish, audio moslamalarni xarid qilish, hech bo’lmasa bir marta sayohatga pul topish tanlagan yo’lingizni muxim qismi hisoblanadi. Ko’rib turganingizdek, hammasi sizninng moliyaviy quvvatingizga bog’liq.

Til o’rganishning psixologik holati
Agar siz kuchli istak sohibiga aylanmasangiz, til o’rganish haqida oylab o’tirmang. Kuchli istak va aniq maqsad til o’rganishdagi uzoq yo’lingizni yaqin yo’lga aylantira oladi. Hamma shunday qiladi, bu haqiqat. Agar, ingliz tili o’rganish qiyin til bo’lganda edi, jahon tiliga aylanmagan bo’lardi. Demak, psixologik jihatdan mustahkam ruhiyatga ega bo’lsangiz, siz ham, albatta, o’rganasiz.

Odatda, ishning ijobiy, so’ngi natijalarini oldindan ko’ra bilsangiz maqsadlaringiz yanada aniqlashadi, istaklaringiz yanada kuchayadi.
Masalan siz, ingliz tilini o’rganib, qanday imkoniyatlarga ega bo’lishingiz mumkin, o’shalar haqida biroz fikr yuriting:
·                  erkin muloqat
·                  dunyo bo’ylab sayohat
·                  dunyo ilmlaridan bahramand bo’lish
·                  ingliz tilidagi qo’shiqlar, filmlardan bahramand bo’lish mumkin
·                  ishchi kuchi sifatida bozorda o’z narxingizga ega bo’lasiz
·                  o’zingizga bo’lgan ishonch yanada oshadi. Balkim sizni xorijga ish safariga jo’natishar. ‘Men u yerda nima qilaman, tilni bilmayman-ku’ degan bahonalaringiz o’tmaydi
Mustaqil holda tilni o’rganish mumkinmi?
Til o’rganish jarayoni davom etuvchi jarayondir.  Mustaqil holda biz faqat davom ettirishimiz mumkin. Mustaqil holda boshlab bo’lmaydi. Talaffuz qoidalari doimiy ravishda nazorat ostida bo’lishi kerak. Jarayonni uzluksiz holda davom etishini ta’minlash muxim. Bu esa, aniq jadval asosidagi doimiy darslarni talab qiladi. Agar darajangiz, CEFR standarti bo’yicha A2 ga yetgan bo’lsa, mustaqil holda o’rganishni davom ettirishingiz mumkin. Xullas, ustoz ko’rmagan shogird shogirdmas.
  Katta qal’a hujumiga shay bo’ling
Til o’rganish bu katta qal’aga hujum qilish bilan barobardir. Qadimda bosqinchilar qal’alarga faqat darvozadan hujum qilishmagan. Ular, faqat darvozaga hujum qilgan holda, qal’ani olish imkoni yo’qligini bilishgan. Shuning uchun, turli xil xandaqlar qazishgan, aylanib o’tishgan, tunnellar yaratishgan. O’xshashligi shundaki, siz ingliz tili qala’siga hujum qilasiz, faqat bir kitobdan o’rganaman desangiz qala’ga erishmaysiz. Muvaffaqiyatga erishish uchun, barcha imkoniyatlardan foydalanish kerak. Gazeta va jurnallar o’qish kerak, ko’proq tinglash mashqlarini bajarish kerak. Shuning bilan birga, yozma nutq ustida ham ishlash kerak. Hujum har tomondan amalga oshirilsa, tilni o’zingizga tez bo’ysindirasiz.

Tilni to’rt qismga bo’lgan holda, lekin, bir-biridan ajratmagan holda o’rganish zarur. Bularga quyidagilar kiradi:
·                O’qish (Reading)
·                yozma nutq (Writing)
·                gapirish (Speaking)
·                tinglash (Listening)
Har to’rtala qismni o’rganish muxim hisoblanadi. Qolaversa, ko’pgina xalqaro imtihonlar ushbu to’rt qism bo’yicha o’z savollarini tayyorlaydi.
Qachon ingliz tilida gaplasha olaman?

Agar tanlangan metodika asosida darslar puxta tashkil qilinsa, birinchi darsdanoq gapirish mumkin. Har darsda, o’rganilgan bilimni yuzaga chiqarishn uchun, gapirish kerak. So’zlar o’rniga so’z birikmalari o’rganing. So’z birikmalari o’rniga uzun-uzun gaplarni o’rganing va ularni zudlik bilan amaliyotga tadbiq eting. O’shanda o’z kuchingizga ishonib, gapira boshlaysiz.

{ 1 comments... read them below or add one }

  1. Siz buyrak sotib olmoqchimisiz yoki buyragingizni sotmoqchimisiz? Moliyaviy inqiroz tufayli buyragingizni pulga sotish imkoniyatini qidiryapsizmi va nima qilishni bilmayapsizmi, u holda bugun biz bilan bog'laning va biz sizga 500 000 AQSh dollari, shuningdek, hayot va tibbiy sug'urtani o'z ichiga olgan holda yaxshi miqdorda pul taklif qilamiz. Mening ismim DOKTOR MAXWELL, MOUNT ALVERNIA HOSPITALdagi xalqaro nevrolog maslahatchisi. Bizning klinikamiz Buyrak va boshqa jarrohlik bo'yicha ixtisoslashgan bo'lib, biz tegishli donor bilan buyrak sotib olish va transplantatsiya qilish bilan ham shug'ullanamiz. Biz Singapur, Turkiya, AQSh, Malayziya, Hindiston, Germaniyada joylashganmiz.

    Agar siz buyraklarni sotish yoki sotib olishni xohlasangiz, iltimos, biz bilan bog'lanishdan tortinmang,

    Elektron pochta: contact@mountalverniahospitals.com
    Whats-app raqami: +447463920079



    Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan,
    DR MAXWELL .P.
    Xalqaro tibbiy maslahatchi.PHDLL.CDC.

    ReplyDelete

- Copyright © English Home Task - Blogger Templates - Powered by Blogger - Designed by Johanes Djogan -