Posted by : Unknown
Sunday, February 15, 2015
Ingliz tilini o’rganish - avvalboshdan sizga tuyulgandek qiyin yoki
bajarib bo’lmaydigan vazifa emas. Istalgan natijaga erishish uchun o’quv
jarayonini to’g’ri va yaxshi tashkil qilish kerak. Ushbu maqolada nega hatto
eng harakatchan o’quvchilar ham yo’l qo’yadigan xatolar sabablari ko’rib
chiqiladi.
Sehrgarlarga
ishonmang!
Hozirgi kunda ingliz tilini o’rgataman deydigan o’quv
kurslari va repetitorlar talaygina. Agar
ularning reklamalariga e’tibor bersangiz ingliz tilidan bilim darajangizni ko’pi
bilan ikki hafta ichida yangi darajaga olib chiqishlarini uqtiradi. Ba’zilari
esa, uch oyni muddat qilib belgilashgan. “O’n kunda ingliz tilini o’rgataman”,
deydiganlar ham topiladi. Qisqasi, hammamiz mo’jizaga ishonamiz va sehrgar
repetitor oldiga chopamiz. Yodda tuting hatto sehrli shamchiroq ham sizga bunda
yordam bermaydi. Til o’rganish katta va to’g’ri yo’naltirilgan mehnatni talab qiladi.
Maqsadni
noto’g’ri qo’yish
Agar ingliz tilini shunchaki zamonaviy bo’lish uchun o’rganmoqchi
bo’lsangiz, sizda hali kuchli o’rganish istagi shakllanmagan. Til o’rganish
uchun aniq maqsadga ega bo’lish muxim ahamiyatga ega. O’z sohasida yetuk mutaxassis bo’lish, butkul
kasbni o’zgartirish, chet el universitetlariga topshirish, dunyo bo’ylab
sayohat – eng ma’qul maqsadlar to’plamidir.
Faqat
grammatikani ingliz tili deb tushunmang!
Faqat ingliz tili grammatikasini o’qish, qiyin qoidalarni yodlash - eng katta xatodir. Til o’rganishdan maqsad,
o’sha tilda suhbat olib borishdir. Grammatikadan olgan bilimingiz suhbat olib
borish uchun yordam bermaydi. So’zlashuv qobiliyatingizni oshirish uchun ko’proq
tinglab tushunish amaliyotlarini o’tashigiz kerak.
Hamma xato
qiladi
Xato qilishdan qo’rqmang. Og’zaki nutqni oshirish
uchun ko’proq so’z birikmalar va o’zgarmas frazalarni o’rganing.