Posted by : Unknown Saturday, February 14, 2015

Ushbu maqolamda til o’rganishni niyat qilgan, lekin hali ba’zi sabablarga ko’ra boshlamagan boshlovchi o’quvchilar uchun ko’pgina til o’rganish haqidagi faktlar, til o’rganishning eng so’nggi va samarali uslublarini yoritmoqchiman.
Xullas, bugungi kun globallashuvi xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan ehtiyojni ming karraga oshirib yubordi. Bugun o’zini mehnatga yaroqliman deb o’ylagan har bir inson hech bo’lmaganda bitta xorijiy tilni o’rganishga harakat qilmoqda. Sir emaski, bugungi kun mutaxassisiga qo’yilgan talablardan biri ham u qanday sohada bo’lmasin kamida bitta xorijiy tilni egallagan bo’lishi kerak. Bugungi kun ishchi bozorida yuqori ko’rsatkichga ega bo’lish uchun har qanday mutaxassis o’z sohasida mukammal bo’lishi bilan birga xorijiy tillarni ham bilishi kerak. Aslida, mutaxassisning qay darajada o’z sohasining ustasi ekanligini uning xorijiy tilni bilish yoki bilmasligidan aniqlasa bo’ladi. Chunki, bugungi mutaxassisga kerak bo’lgan eng muxim bilimlar aynan biz bilishimiz kerak bo’lgan tillarda keltirilgandir.
Biz qanday tillarni bilishimiz kerak?
 Globallashuv dunyo xalqlarini yanada yaqinlashtirmoqda. Dunyo xalqlari o’rtasida keng miqyosli muloqot markazlari qurilmoqda. Bunday markazlar real va virtual hayotda o’z aksini topmoqda. Muloqot markazlarining asosida aniq tillar yotadi. Bularga: ingliz tili, ispan tili, xitoy tili, rus tili, arab tili, fransuz tili va nemis tillari kiradi. Ushbu tillarda so’zlashuvchilar soni dunyo aholisining eng katta qismini tashkil etadi. Barcha forumlar, konferensiyalar, uchrashuvlar, sammitlar ushbu tillarda olib boriladi. Xalqaro shartnomalr aynan shu tilllarda yoziladi. Internetda asosiy axborot aynan shu tillarda beriladi. Kutubxonalardagi asosiy kitoblar ham aynan shu tillarda yozilgandir. Agar siz ham dunyo bilan hamnafas bo’lmoqchi bo’lsangiz ushbu tillardan birini o’rganishingiz kerak bo’ladi.
Qanday qilib xorijiy tilni o’rganish mumkin?
Xorijiy tilni o’rganish bugun modada. Hamma qaysidir darajada xorijiy tillarni o’rganishga kirishgan. Shunday ekan, til o’rganish uslublari ham mo’ldir. Quyida til o’rganish bo’yicha ekspertlar maslahatlarini keltirmoqchiman.
                1.    Biror ishni boshlashdan oldin aniq maqsadga ega bo’ling.
                2.    O’rganish muddatini aniqlashtiring.
                3.    Tilni o’qituvchi yordamida(tezroq o’rganasiz) yoki mustaqil o’rganish (o’rganish sekinroq kechadi, lekin o’rganasiz)mumkin.
                4.    CEFR va yangi DTS bilan tanishing. Juda kerakli va qiziqarli ma’lumot olasiz.
                5.    Siz xorijiy tilni o’rganayapsiz. Shunday ekan, darslar har kuni bo’lishi shart.
                6.    O’rganishning birinchi kunidanoq muloqot qilishga kirishing. (Unutmang! Xorijiy tilni bilishingizni asosiy isboti shu tilda gapirishni bilishingizdir)
                 7.    Qanchalik urunmang tildagi barcha so’zlarni o’rganolmaysiz. Shuning uchun, muloqot uchun birinchi darajali hisoblangan so’zlarni o’rganing. So’z boyligingizni alifbo bo’yicha emas, mavzulashtirilgan so’zlar yordamida oshiring.
                 8.    Yolg’iz so’zni o’rgangandan ko’ra so’z birikmalarni o’rganing. So’z birikmalarni o’rgangandan ko’ra gaplarni o’rganing. Muloqotingiz yanada yengillashadi.
                 9.    O’rganishning dastlabki bosqichlaridanoq osonlashtirilgan maxsus matnlarni o’qishni boshlang. Uzluksiz holda matn o’qish juda katta samara beradi. Buni o’zingizda his etasiz.
                10. Mavzulashtirilgan namuna gaplarni muntazam yodlab boring
                11. Hech qachon o’rganishdagi qiyinchiliklarni o’rganish yoshidan o’tganingiz bilan bog’lamang. Yoshi kattalar ham kichik o’quvchilardan o’rganishda ortta qolmasligi bir necha yil oldin isbotlangan.
               12. Mobil telefoningizdan to’laqonli ravishda foydalanish vaqti keldi. Internetda juda ko’p bepul ingliz tilini o’rganishga bag’ishlangan manbalar mavjud. Mobil telefoningizga o’zingizga mos metodik ko’rsatmalarga ega bo’lgan dasturlarni yuklang va bo’sh vaqtlarigizda ulardan samarali foydalaning.
               13. Tilni o’rganish bilan bir vaqtda hayotiy tajribalaringizni oshirib borishga ham harakat qiling. Xatlar yozing, tasvirlashga harakat qiling, maqolalar o’qing, filmlar tomosha qiling. 
               14.  Yana til o’rganishning muxim sirlaridan biri – bilganlaringizni boshqalarga o’rgatishga harakat qiling. Aytishadiku o’qitgan ikki marta o’qiydi deb.
               15. Tilni o’qib o’rganishda qonuniyatlardan ko’ra erkinlikka ko’proq e’tibor bering.
               16. Grammatik fobiya kasalligidan uzoq bo’ling.
               17. Doimiy mustaqil muloqot uchun internetda do’st orttiring  va skype orqali o’rganganlarigizni ishga soling.
               18. Unutmang! AQSH puli cho’ntakda yig’ilib turishi mumkin, lekin xotirada so’zlarni faqat yig’ib qo’yish yaramaydi, ulardan tezlik bilan foydalanish kerak.
               19. O’rgangan bilimingiz har doim baholanib borilishi kerak. O’shanda nimaga qodir ekanligingizni anglab olasiz va yangi kuch bilan ilm izlashda davom etishingiz mumkin.

  




Leave a Reply

Subscribe to Posts | Subscribe to Comments

- Copyright © English Home Task - Blogger Templates - Powered by Blogger - Designed by Johanes Djogan -