Posted by : Unknown
Thursday, February 19, 2015
Ingliz
tili darajalari haqida so’z yuritishdan oldin, shuni aytib o’tish lozimki, til
bo’yicha olgan bilimingizni aniq o’lchab, hisoblab beradigan o’lchov birligi
yoki maxsus o’lchov uskunasi mavjud emas. Biz, hozir, so’z yuritmoqchi bo’lgan,
bilim darajangizni bir qolipga solib beradigan standartlarning hammasi –
nisbiydir.
Mavjud
bo’lgan til bo’yicha bilimingizga yana 10 ta so’z qo’shsangiz darajangiz o’zgarib
qolmaydi. Boshqacha qilib aytganda, lug’at boyligingiz sizning darajangizni aniqlab
kelmaydi.
Biz
bugun qo’llanma sifatida o’qib kelayotgan ingliz tili kitoblarini ko’zdan
kechirsangiz, qo’llanma qanday darajadagi o’rganuvchi uchun yozilganini ko’rasiz.
Masalan, “For Beginners”, “For Elementary
students”, “Pre-Intermediate and Intermediate” va “Upper-Intermediate and Advanced” kabi atamalar qo’llanmalarning
yuza qismidan joy olganini ko’rishingiz mumkin. Keling, ushbu atamalarni biroz
chuqurroq o’rganib chiqaylik.
Demak,
tahlilni “ALTE” dan boshlaymiz.
ALTE (The Association of Language Testers in Europe) - Umumevropa til
sinovidan o’tkazuvchilar tashkiloti xorijiy tilni egallash darajasining umumiy
shkalasini ishlab chiqqan bo’lib, u o’rganuvchilarni olti darajaga bo’ladi.
Unga ko’ra: A1 (Breakthrough level), A2(Level1), B1 (Level2), B2 (Level3),
C1 (Level4), C2 (Level5). Ushbu darajalar boshlang’ich darajadan to mukammal
darajagacha bo’lgan oraliqni o’z ichiga qamrab olgan.
Barcha
Kembrij xalqaro imtihonlari (KET, FCE, PET) aynan
mana shu standart bo’yicha ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, Angliya
davlatining barcha nashriyotlari o’z mahsulotlarini shu standartlar ostida
nashr qilmoqda. Bularga lug’atlar, so’z boylikni oshirishga qaratilgan qo’llanmalar,
grammatikadan ma’lumotnomalar kabilar kiradi.
Lekin,
kommunikativ metodlar asosida ishlab chiqilgan qo’llanmalarning deyarli
barchasi (Inside Out, Cutting Edge, Reward, Headway, OpenMind) boshqa bir
shkaladan darajalarga ajaratishda foydalanadi.
1.
Beginner yoki Basic – boshlang’ich daraja
2.
Elementary – davom ettiruvchi boshlang’ich
3.
Pre-Intermediate – O’rta darajaga yaqin
4.
Intermediate – o’rta daraja
5.
Upper-Intermediate – o’rta va yuqori daraja orasida
6.
Advanced – yuqori daraja
Darajalar
bo’yicha jadval
ALTE darajalari
|
Kommunikativ o’quv qo’llanmalardagi darajalar
(Headway, Cutting Edge).
|
Imtihonlar
|
A1Breakthrough
|
Beginner (Basic)
|
-
|
Elementary
|
||
A2 Level 1
|
Pre-Intermediate
|
|
B1 Level 2
|
Intermediate
|
|
Upper-Intermediate
|
||
B2 Level 3
|
Advanced
|
FCE (First Certificate in English)
IELTS 5.0-5.5 TOEFL 570-610 (PBT), 230-255 (CBT) |
C1 Level 4
|
-
|
CAE (Certificate in Advanced English)
IELTS 6.0-7.0 TOEFL 630-677 (PBT), 270-300 (CBT) |
C2 Level 5
|
CPE (Certificate of Proficiency in English)
IELTS 7.5-9.0 |
Jadvaldan
ko’rib turganingizdek, biz intilayotgan “Advanced” daraja ALTE shkalasi bo’yicha
B2 ga teng. Demak, B2 darajadagi o’rganuvchining tinglab tushunish, o’qib
tushunish, yozma vazifalarni bajara olish malakasi mustahkam asosga ega
hisoblanadi. Shuningdek, jadvalda mashhur IELTS
va TOEFL xalqaro imtihonlari ham
qiyoslash ob’ekti sifatida keltirilgan. Biz IELTS va TOEFL haqida gapirganimizda
aniq ballarni nazarda tutamiz: IELTS – 0- balldan 9- ballgacha, TOEFL(PBT,CBT) –
uch xonali sonlarda baholanadi. ALTE bo’yicha C2 darajaga teng bo’lgan CPE (Certificate
of Proficiency in English) darajasi,
ingliz tilini ona tilingizdek bilishingizni anglatadi.
Eng so’ngi daraja Post Proficiency esa ingliz tilidagi
barcha hazillarni tushuna olishingizni, tilning nozik qirralarini anglay
olishingizni ko’rsatadi. Ushbu darajani doimo saqlab turish uchun ko’p mehnat
qilinadi.
Darajalar
nimalarda aks etadi?
·
Beginner
·
Elementary
·
Pre Intermediate
·
Intermediate
·
Upper Intermediate
·
Advanced
Beginner
Suhbatda:
·
o’z ismini va
shaxsiy ma’lumotlarni ayta oladi
·
eng sodda
savollarga javob bera oladi (What is your name?)
·
100 gacha sanay
oladi
·
eng sodda
gaplarni o’qiy oladi va tushunadi
Elementary
Suhbatda:
·
O’zi va
boshqalar haqida qisqa ma’lumot bera oladi
·
Biror narsani
qisqacha tasvirlay oladi
·
O’z fikrini
bayon qila oladi, vaziyatni to’g’ri anglash uchun tushuntirib berishlarini so’ray
oladi
·
Sodda
his-hayajonni ifodalay oladi
·
Barchaga
tushunarli qilib talaffuz qila oladi
·
Ingliz tilida
fikrlay oladi
Tushunadi:
·
darslarda
tinglab tushunish mashqlaridagi asosiy g’oyani fahmlay oladi
·
Tinglashda
asosiy signal vaziyatlarni anglay oladi
·
Qisqa matnlarni
o’qib, tushuna oladi
Yozuv:
·
gaplarni to’g’ri
tuza oladi
·
tabrik xatlari,
elektron xatlar yoza oladi
·
o’zi haqida
qisqacha ma’lumot yoza oladi
Qolgan darajasi haqida ham batafsil yozilsa yaxshi bo'lardi.
ReplyDeleteHa yaxshi bulardi
DeleteMen ham shu fikrga qo'shilaman
ReplyDelete+++
ReplyDeleteDavomı qanı? Where is continuation of the text?
ReplyDeleteAhmadjon
ReplyDelete