Posted by : Unknown Thursday, February 19, 2015

Ingliz tili darajalari haqida so’z yuritishdan oldin, shuni aytib o’tish lozimki, til bo’yicha olgan bilimingizni aniq o’lchab, hisoblab beradigan o’lchov birligi yoki maxsus o’lchov uskunasi mavjud emas. Biz, hozir, so’z yuritmoqchi bo’lgan, bilim darajangizni bir qolipga solib beradigan standartlarning hammasi – nisbiydir.
Mavjud bo’lgan til bo’yicha bilimingizga yana 10 ta so’z qo’shsangiz darajangiz o’zgarib qolmaydi. Boshqacha qilib aytganda, lug’at boyligingiz sizning darajangizni aniqlab kelmaydi.  
Biz bugun qo’llanma sifatida o’qib kelayotgan ingliz tili kitoblarini ko’zdan kechirsangiz, qo’llanma qanday darajadagi o’rganuvchi uchun yozilganini ko’rasiz. Masalan, “For Beginners”, “For Elementary students”, “Pre-Intermediate and Intermediate” va “Upper-Intermediate and Advanced” kabi atamalar qo’llanmalarning yuza qismidan joy olganini ko’rishingiz mumkin. Keling, ushbu atamalarni biroz chuqurroq o’rganib chiqaylik.
Demak, tahlilni “ALTE” dan boshlaymiz.

ALTE (The Association of Language Testers in Europe)  - Umumevropa til sinovidan o’tkazuvchilar tashkiloti xorijiy tilni egallash darajasining umumiy shkalasini ishlab chiqqan bo’lib, u o’rganuvchilarni olti darajaga bo’ladi. Unga ko’ra: A1 (Breakthrough level), A2(Level1), B1 (Level2), B2 (Level3), C1 (Level4), C2 (Level5). Ushbu darajalar boshlang’ich darajadan to mukammal darajagacha bo’lgan oraliqni o’z ichiga qamrab olgan.

Barcha Kembrij xalqaro imtihonlari (KET, FCE, PET) aynan mana shu standart bo’yicha ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, Angliya davlatining barcha nashriyotlari o’z mahsulotlarini shu standartlar ostida nashr qilmoqda. Bularga lug’atlar, so’z boylikni oshirishga qaratilgan qo’llanmalar, grammatikadan ma’lumotnomalar kabilar kiradi.

Lekin, kommunikativ metodlar asosida ishlab chiqilgan qo’llanmalarning deyarli barchasi (Inside Out, Cutting Edge, Reward, Headway, OpenMind) boshqa bir shkaladan darajalarga ajaratishda foydalanadi.

1.           Beginner yoki Basic – boshlang’ich daraja

2.           Elementary – davom ettiruvchi boshlang’ich

3.           Pre-Intermediate – O’rta darajaga yaqin

4.           Intermediate – o’rta daraja

5.           Upper-Intermediate – o’rta va yuqori daraja orasida

6.           Advanced – yuqori daraja   

 

Darajalar bo’yicha jadval

ALTE darajalari
Kommunikativ o’quv qo’llanmalardagi darajalar
(Headway, Cutting Edge).
Imtihonlar
A1Breakthrough
Beginner (Basic)
-
Elementary
A2 Level 1
Pre-Intermediate
B1 Level 2
Intermediate
Upper-Intermediate
B2 Level 3
Advanced
FCE (First Certificate in English)
IELTS 5.0-5.5
TOEFL
570-610 (PBT), 230-255 (CBT)
C1 Level 4
-
CAE (Certificate in Advanced English)
IELTS 6.0-7.0
TOEFL
630-677 (PBT), 270-300 (CBT)
C2 Level 5
CPE (Certificate of Proficiency in English)
IELTS 7.5-9.0

Jadvaldan ko’rib turganingizdek, biz intilayotgan “Advanced” daraja ALTE shkalasi bo’yicha B2 ga teng. Demak, B2 darajadagi o’rganuvchining tinglab tushunish, o’qib tushunish, yozma vazifalarni bajara olish malakasi mustahkam asosga ega hisoblanadi. Shuningdek, jadvalda mashhur IELTS va TOEFL xalqaro imtihonlari ham qiyoslash ob’ekti sifatida keltirilgan. Biz IELTS va TOEFL haqida gapirganimizda aniq ballarni nazarda tutamiz: IELTS – 0- balldan 9- ballgacha, TOEFL(PBT,CBT) – uch xonali sonlarda baholanadi. ALTE bo’yicha C2 darajaga teng bo’lgan CPE (Certificate of Proficiency in English) darajasi, ingliz tilini ona tilingizdek bilishingizni anglatadi.
Eng so’ngi daraja Post Proficiency esa ingliz tilidagi barcha hazillarni tushuna olishingizni, tilning nozik qirralarini anglay olishingizni ko’rsatadi. Ushbu darajani doimo saqlab turish uchun ko’p mehnat qilinadi.

Darajalar nimalarda aks etadi?
·       Beginner
·       Elementary
·       Pre Intermediate
·       Intermediate
·       Upper Intermediate
·       Advanced

Beginner
Suhbatda:
·                    o’z ismini va shaxsiy ma’lumotlarni ayta oladi
·                    eng sodda savollarga javob bera oladi (What is your name?)
·                    100 gacha sanay oladi
·                    eng sodda gaplarni o’qiy oladi va tushunadi


Elementary
Suhbatda:
·                    O’zi va boshqalar haqida qisqa ma’lumot bera oladi
·                    Biror narsani qisqacha tasvirlay oladi
·                    O’z fikrini bayon qila oladi, vaziyatni to’g’ri anglash uchun tushuntirib berishlarini so’ray oladi
·                    Sodda his-hayajonni ifodalay oladi
·                    Barchaga tushunarli qilib talaffuz qila oladi
·                    Ingliz tilida fikrlay oladi
Tushunadi:
·                    darslarda tinglab tushunish mashqlaridagi asosiy g’oyani fahmlay oladi
·                    Tinglashda asosiy signal vaziyatlarni anglay oladi
·                    Qisqa matnlarni o’qib, tushuna oladi
Yozuv:
·                    gaplarni to’g’ri tuza oladi
·                    tabrik xatlari, elektron xatlar yoza oladi
·                    o’zi haqida qisqacha ma’lumot yoza oladi


  

{ 6 comments... read them below or Comment }

- Copyright © English Home Task - Blogger Templates - Powered by Blogger - Designed by Johanes Djogan -